June 10

Dunyo yoshlari O‘zbekistonda birlashadi

Ruscha

26-30 iyun kunlari O‘zbekistonda ilk bor Butunjahon yoshlar festivali o‘tkaziladi.

Unda nufuzli spikerlar ta’lim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadilar.

Ushbu tadbir 150 ta davlatning yoshlariga o‘zaro fikr va tajriba almashish imkonini beradi.

Bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Dasturda istalgan soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15 iyun kuniga qadar qabul qilinadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari, ayniqsa yoshlarini ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashishga chorlaymiz!

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook