November 29, 2023

“O‘zbekneftgaz” AJ xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi 

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ "Obligatsiyalar, kreditlar va ESG Capital Markets CEE, CIS & Türkiye Awards” xalqaro mukofotining MDH bo‘yicha “2023 yilning eng muhim shartnomasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Gʻoliblar Istanbul shahrida o‘tkazilgan “Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH va Turkiya kapital bozorlaridagi innovatsion va ilg‘or bitimlarni e’tirof etish” marosimida taqdirlandilar.

Eslatma: 2014 yildan buyon har yili o‘tkazilib kelinayotgan ushbu tadbirda Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH, Turkiya, korporativ va moliyaviy institutlar o‘rtasida tuzilgan kapital bozorlardagi eng innovasion shartnomalar aniqlanadi.

Gʻoliblar shartnomalarning hajmi, tuzilishi, taqsimoti, shuningdek, ularni amalga oshirish sifati va yangi likvidlik darajalarini har tomonlama o‘rganilgandan so‘ng aniqlanadi.

Jamiyatning ushbu mukofotni qo‘lga kiritishi MDH va Turkiya kompaniyalari, xalqaro investitsiya hamjamiyatdagi nufuzini oshirish va CEE tomonidan kelajakdagi emissiyalarni rag‘batlantirish uchun imkoniyatdir.

Qayd etish joizki, 2022 yil 19 noyabrda “O‘zbekneftgaz” AJ va Germaniyaning “Deutsche Bank AG” o‘rtasida uglevodorodlar qazib olish va yuqori qiymatga ega mahsulotlarni qayta ishlash hajmlarini oshirish maqsadida 250 million AQSH dollari miqdoridagi ikki tomonlama kredit shartnomasini muvaffaqiyatli imzolagan edi.

Xalqaro moliya institutlari ekspertlarining fikricha, ushbu loyiha “O‘zbekneftgaz” AJ, “Deutsche Bank AG” va dunyoning boshqa yetakchi banklari o‘rtasida strategik aloqalarni o‘rnatish hamda samarali hamkorlikning mantiqiy davomi uchun xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube