January 28

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Buxgalteriya hisobi va korporativ hisobot departamenti Bank va kredit operatsiyalari va soliqlarni hisoblash va hisoboti bo‘limi katta eksperti lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar:

• Ma’lumoti: oliy, magistr darajasi qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi;
• Mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi , audit, soliqqa tortish, iqtisodiyot;
• Tillarni bilish darajasi: o‘zbek tili - mukammal, rus va ingliz tili (qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);
• Kompyuter savodxonligi: ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (MS Office, 1С Buxgalteriya dasturlarida ishlay olishi);
• Sertifikatlarning mavjudligi: Soliq maslahatchisi, Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari (MHXS) yo‘nalishlarda malaka oshirganligini tasdiqlovchi sertifikatlar mavjud bo‘lishi lozim.
• ish tajribasi: Kamida 5 yil, shundan neft-gaz sohasi moliya-iqtisod tarmoqlarida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:

• Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqlarni hisoblash;
• Soliq hisobotlarini tuzish va o‘z vaqtida taqdim etish;
• Hisoblangan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 1C dasturiga kiritib, hisobini yuritish;
• Majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliq qonunchiligi va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
• Soliq to‘lovlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritish, korxonaning soliq va byudjet siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish;
• Ijro nazorati va hujjatlar aylanishi elektron tizimlari bilan muntazam ravishda ish olib borish;
• Jamiyat va uning tasarrufidagi korxonalarda bo‘lim yo‘nalishi bilan bog‘liq munozarali masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatish;

Nomzodlar 2025 yil 7 fevralga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook