May 18, 2023

“O‘zbekneftgaz” AJ va “SOCAR” kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasida "O‘zbekneftgaz" AJ ko‘rgazma stendi o‘z ishini boshladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ stendida 80 dan ortiq turdagi neft-gaz mahsulotlari namoyish etilgan. Xususan, “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK va Shurtan gaz kimyo majmuasi kabi yirik korxonalarning polimer mahsulotlari, shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining yoqilg‘i mahsulotlari va boshqa mahsulotlar namoyish etilgan.

Mazkur tadbir O‘zbekiston, Ozarbayjon, Malayziya, Koreya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Rossiya ishlab chiqarish kompaniyalari va biznes delegatsiyalarining uchrashuvi uchun yagona platforma hisoblanadi.

Tadbirning birinchi kunida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi prezidenti Rovshan Nadjaf boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston tomonidan ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorliklari uchun “SOCAR” kompaniyasi prezidentiga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv chog‘ida xorijiy hamkorlar tomonidan “Upstream” va “Downstream» yo‘nalishlarida aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish loyihasida ishtirok etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasidagi konlarni birgalikda o‘zlashtirishga alohida qiziqish bildirildi. Shu bilan birga, “SOCAR” rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida operator sifatida, shuningdek, xizmat ko‘rsatish shartnomalarida ishtirok etishga tayyor ekanligi ma’lum qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va “SOCAR" bilan hamkorlikda "SOCAR Trading” qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasi ham yig‘ilish kun tartibida ko‘rib chiqildi.

O‘z navbatida, "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan “SOCAR” kompaniyasi rahbariyatiga kompaniyalar o‘rtasidagi potensial hamkorlikni hamda ekologik standartlarga muvofiq qayta tiklanadigan energetika sohalarini rivojlantirish borasidagi qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu munosabat bilan ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish taklif qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha barcha sohalardagi hamkorlik istiqbollarini yanada o‘rganish va barcha qo‘shma loyihalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma joriy yilning 19 va 20 may kunlari o‘z ishini davom ettiradi. Ko‘rgazma doirasida “O‘zbekneftgaz” AJning ko‘p yillik hamkorlari, salohiyatli investorlar hamda xizmat va uskunalar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|