April 18

Texnologik avariyalarni oldini olish maqsadida 180 ta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda 15 martdan 15 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazildi.

Oylik doirasida barcha ob’yektlardagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan moddiy-texnika zaxiralari 96 foizgacha yangilandi. Tashkil etilgan 71 ta profilaktik tadbirda 90 foiz xodim qamrab olindi.

15 ta maxsus-taktik, 177 ta ob’yekt, 76 ta ogohlantirish yig‘in-signal mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirlar davomida mutaxassislar turli ssenariylar bo‘yicha tajriba almashishdi, fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimini mustahkamlashdi.

Shuningdek, texnologik avariyalarni oldini olish maqsadida 180 ta ta’mirlash, 383 ta texnik ko‘rik va 73 ta rejadan tashqari avariya tiklash ishlari amalga oshirildi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini shay holatga keltirish rejalari qayta ko‘rib chiqilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Barcha ob’yektlarda shaxsiy tarkibni himoya vositalari va asbob-uskunalar bilan ta’minlash ishlari davom ettirildi.

Oylik davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan monitoring olib borilib, tahlil natijalari tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar Jamiyat faoliyatida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash, xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish va fuqaro muhofazasi tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

“Ўзбекнефтгаз” АЖ Ахборот хизмати