“O‘zbekneftgaz” AJda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi haqida axborot
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan komplayens nazorat tizimi orqali har qanday korrupsiya ko‘rinishining oldini olish, sohada ushbu illatni yo‘q qilish, aniqlangan holatlar yuzasidan zarur choralar ko‘rish, shuningdek, me'yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta'minlashga erishish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Kompaniyaning Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti tomonidan 2024 yilning to‘qqiz oyida aniqlangan 20 ta o‘rganish hujjati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berish uchun yuborildi. 11 ta o‘rganish hujjati bo‘yicha javobgar shaxslardan undirish choralari ko‘rildi.
O‘rganishlarda aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan 53 nafar mas'ul xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, 18 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Hisobot davrida Jamiyat tasarrufidagi zavod, boshqarama va korxonalarda aniqlangan 28 ta holatdagi manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida xodimlar boshqa lavozimlarga o‘tkazildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatida potensial sanksiyaviy cheklovlarni oldini olish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarda xavf-xatarlarni baholash va ularning oldini olish bo‘yicha ham o‘z vaqtida choralar ko‘rilmoqda. Jamiyatning xarid shartnomalarini tuzish bilan bog‘liq masalalarda sanksiyaviy ro‘yxatlarda mavjud chet el korxonalari aniqlanib, mas'ullarga tegishli xulosalar taqdim etildi.
Shuningdek, aloqa kanallari orqali kelib tushgan jami 78 ta ariza va shikoyat mualliflariga tegishli javoblar yo‘llandi.
Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida, “O‘zbekneftgaz” AJ e'lon qilingan reytingda korrupsiyaga qarshi kurashishda 90 ballni yig‘ib, o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. 55 nafar rahbar va xodim “ISO 37001:2016” sertifikatini qo‘lga kiritdi.