March 4

Startap loyiha va ratsionalizatorlik takliflar bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkaziladi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari o‘rtasida ijodiy tashabbus va ishbilarmonlikni oshirish, innovatsion startap loyihalar va rasionalizatorlik takliflarni rivojlantirish, faoliyatga doir muammolar yechimiga yoshlarni keng jalb qilish va yangicha uslublar qo‘llashni rag‘batlantirish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida “Eng yaxshi innovatsion startap loyiha” hamda “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklif” tanlovlari o‘tkazilmoqda.

Unda Jamiyat tarkibiga kiruvchi barcha korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan (35 yoshdan oshmagan)lar individual yoki jamoa bo‘lib (35 yoshdan oshmagan, 2-4 kishidan iborat) ishtirok etish mumkin.

Tanlovda ishtirok etuvchilar arizalarni joriy yilning 1 apreliga qadar ushbu talabnoma shaklini to‘ldirgan holda quyidagi manzillarning biriga yuborishlari mumkin:

1) 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi
16-uyda joylashgan “O‘zbekneftgaz”AJ bosh ofisidagi Innovasion faoliyat bo‘limiga;
2) [email protected] elektron pochtasiga.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar bir martalik mukofot puli bilan quyidagicha rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari; 2-o‘rin - 20 barobar; 3-o‘rin - 10 barobar.

Batafsil ma’lumotlar ushbu havolada.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha Jamiyat Innovatsion faoliyat bo‘limi (tel.: 71 207-2772, ichki. 24-04 yoki 22-76)ga murojaat qilishingiz mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook