Tashabbuskor yoshlar — islohotlar markazida
“O‘zbekneftgaz” AJda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Muloqotdan maqsad tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlaring qiziqish va tashabbuslarini o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda tizimda yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, bugungi kunda "O‘zbekneftgaz" AJda 5042 nafar yosh ishchi-xodim faoliyat yuritadi. Shundan 60 nafari rahbar va o‘rta bo‘g‘in rahbari, 2458 nafari sportchidir.
Uchrashuv davomida tashabbuskor, faol va iqtidorli yoshlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, korxonalarda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilishdi. Shuningdek, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.
Kadrlar salohiyatini oshirish, ustoz–shogird an’analarini yanada rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish tashabbuslarini kuchaytirish, shuningdek, yoshlarni innovasion g‘oyalar va korporativ yechimlarni ishlab chiqish jarayonlariga faol jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.