October 3

Xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish seminarlari yakunlandi

Qashqadaryo va Buxoro viloyatida joylashgan “Oʼzbekneftgaz” АJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminarlar tashkil etildi.

Maqsad soha xodimlarining ish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash, ishchi muhitni sogʼlomlashtirish va mehnat xavfsizligini oshirish.

Jamiyatning 2025 yilgi “Yoʼl xaritasi” doirasida Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL”, Buxoro neftni qayta ishlash zvodida oʼtkazilgan seminarlarda Muborak, Shoʼrtan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodining masʼullari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, ISO 45001 va ISO 14001 xalqaro standartlari, sogʼliqni muhofaza qilish va mexnat xavfsizligi tizimlari, ish joyini tashkil etishda 5S tizimi, xavflarni baholash va boshqarish usullari, ichki audit va monitoring jarayonlari bilan tanishdilar.

Tadbir doirasida “Uzbekistan GTL” zavodi hududida yongʼinga qarshi amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi. Unda favqulodda vaziyatga shaylik holati, yongʼin oʼchirish texnikalari va tez tibbiy yordam xizmatlari harakatlari namoyish etildi.

Shuningdek, ishchi guruh Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyati, “Yashil makon” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va gaz-qutqaruv xizmati bilan ham tanishdilar.

Tadbir nafaqat kasbiy bilimlarni oshirish, balki korxonalar oʼrtasida hamkorlikni kuchaytirish va samarali yechimlarni joriy etish uchun muhim maydon boʼlib xizmat qildi.

"Oʼzbekneftgaz" АJ Аxborot xizmati