May 15, 2025
“Biznes Quiz” – aql, ijod va g‘alaba!
"OGU-2025" ko‘rgazmasining yana bir yorqin voqeasi – “Biznes Quiz” intellektual musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bu o‘yin bilim, tafakkur va ijodiy yondashuv asosida o‘tkazildi. 9 turdan iborat bo‘lgan musobaqada har bir jamoa (8 nafargacha ishtirokchi) musiqadan tortib, rebus, kino va mantiqgacha oid savollar orqali sinovdan o‘tdi.
Bellashuv yakunida quyidagi jamoalar yuqori natijalar bilan ajralib chiqdi:
1-o‘rin: "O‘zbekneftgaz" AJ jamoasi 2-o‘rin: "LUKOYL" jamoasi 3-o‘rin: "UzGazTrade" jamoasi
Gʻoliblar medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘yinlar yuqori saviyada, ochiqlik va professional baholash asosida tashkil etildi.
May 15, 2025, 16:41
0 views