October 3

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida rejali joriy taʼmirlash ishlari boshlandi

Joriy yilning oktyabr oyida "Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MChJda texnologik jarayonlarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida profilaktik taʼmirlash ishlari boshlandi.

Mazkur chora-tadbirlar "Oʼzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatining muhim obyektlaridan biri hisoblangan majmuaning barqaror ishlashini taʼminlash, shuningdek, kuz-qish mavsumida respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini uglevodorod xomashyosi va mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashga qaratilgan.

Joriy taʼmirlash ishlari davomida majmua texnologik qurilmalarini profilaktik koʼrikdan oʼtkazish, modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirishga oid bir qator ishlar amalga oshiriladi.

Ushbu jarayonda mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xalqaro kompaniyalar tajribali ekspertlari ham ishtirok etadi.

Rejali taʼmirlash va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish orqali kelgusida ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi va texnologik uskunalarning uzoq muddat samarali ishlashi taʼminlanadi.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati