December 24

Mini-futbol bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 20 ta jamoa 4 guruhda o‘zaro bellashdi.

Musobaqa davomida 48 ta uchrashuv bo‘lib, jami 254 ta gol urildi. Murosasiz kechgan uchrashuvlar turnirni haqiqiy futbol bayramiga aylantirdi.

Natijada "Buxoro NQIZ" MCHJ 1-o‘rin, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi 2-o‘rin, “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Quyidagi nominatsiyalarda g‘oliblar ham aniqlandi:
• Narzullayev Soxib (Buxoro NQIZ) "Eng yaxshi o‘yinchi"
• Ro‘ziyev Suxrob (“O‘zbekneftgaz” AJ) "Eng yaxshi to‘purar"
• Yarashev Sardor (Gazli NGQCHB) "Eng yaxshi darvozabon"
• Joriyaqulov Elnur (Sho‘rtan GKM) "Eng yaxshi himoyachi"

Bunday musobaqalar jamiyat xodimlarini salomatligini mustahkamlab, jamoaviylikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook