Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Ichki audit xizmati rahbari (bosh auditor) lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (diplom mutaxassisligi bo‘yicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob);
• Xalqaro kompaniyalarda ichki audit sohasida va/yoki “Katta to‘rtlik”ga kiruvchi xalqaro auditorlik kompaniyalarda tashqi audit sohasida va/yoki ichki audit, risklarni boshqarish va korporativ boshqaruv bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishda va/yoki ichki audit bo‘yicha neft-gaz sohasidagi kompaniyalarning ichki audit xizmatida kamida 5 yil tajribaga ega bo‘lishi;
• xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari va ichki auditning xalqaro professional standartlarini bilish;
•Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega bo‘lish;
• Xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
• Komplayens-tavakkalchilikni boshqarish nazariyasini bilish;
• O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini, shu jumladan audit, buxgalteriya hisobi, soliq qonunchiligiga oid hujjatlarni bilish;
• “Katta to‘rtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lish hamda “ACCA”, “CFA”, “CPA” “CIA”, “CIPA”, “DipIFR”, “CRM”,“CFSA”, “CGAP”, “ACA” yoki “FRM” sertifikatlaridan birini bo‘lishi majburiydir.
Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
•ichki audit xizmatining kuzatuv kengashi oldidagi hisobdorligi hamda ijro etuvchi organdan mustaqilligini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
•bir oy muddatda amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan ichki auditga o‘tish rejasini ishlab chiqish va kuzatuv kengashiga taqdim etish;
• korxona faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvini minimallashtirish uchun ichki hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
•tavakkalchilikni boshqarish va komplayens bo‘limlari hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
• aksiyadorlar bilan birgalikda xos biznes jarayonlarni va risklarni aniqlash, tahlil qilish va baholash;
• samarali ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha rahbariyatga maslahat berish.
Nomzodlar 2024 yil 13 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali to‘ldirishlari yoki rezume yuborishlari lozim: resume@ung.uz.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.
Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.