June 1, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Xorijiy bank vakillari bilan moliyalashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ va AQSHning “JPMorgan & Chase Bank” banki vakillari ishtirokida hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan aloqalarni yanada kengaytirishga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab bank vakillari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan transformatsiya qilish, gaz qazib olish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va erishilayotgan natijalari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, “JPMorgan & Chase Bank” banki tomonidan kredit loyihalarining riski, loyihani moliyalashtirish bo‘yicha EKA (Eksport kredit agenliklari) krediti jarayoni va xalqaro moliyaviy bozorlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

AQSH banki vakillari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar uchun savdoni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirishdi va ushbu loyihani jadallashtirishga kelishildi. Shuningdek, xorijiy bank vakillari bilan xedjirlash va moliyaviy aktivlardagi xatarlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlar ham muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|