“Sho‘rtan” konida qazib chiqarishni raqamlashtirish loyihalari ishga tushirilmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi konlarda tabiiy gaz qazib chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish hamda gaz uzatish quvurlari gidravlikasining barqaror ishlashini ta’minlovchi loyihalar va tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, "Sho‘rtan" konidagi 6-, 25-, 28-, 30-sonli gaz yig‘uv joylarida “E-kon” loyihasi doirasida gazni tayyorlash qurilmalari ishga tushirildi. Shuningdek ushbu qurilmalardagi texnologik ko‘rsatkichlarni masofadan doimiy nazorat qilish va quduqlardan qazib olinayotgan tabiiy gazni dastlabki hisobga olishni ta’minlash maqsadida ko‘rsatkichlarni yangi tashkil etilayotgan Qazib chiqarishni boshqarish markaziga uzatishni yo‘lga qo‘yish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotga uzatish ishlari bajarildi.
Gazni tayyorlash qurilmalarini ishga tushirish natijasida tabiiy gaz uzatish quvurlarida gidravlik qarshiliklarni bartaraf etilishi va gaz transport tizimini barqaror ishlashiga erishildi.
Qurilmalarning ishga tushirilishi ushbu gaz yig‘uv joylarida kichik kompressor stansiyalarini qurish loyihasining 2-bosqichida ishga tushiriladigan yangi kompressor qurilmalariga uzatiladigan tabiiy gaz tarkibidan qatlam suvlarini ajratib olish imkoniyatini ham yaratadi.