November 15

Zavod milliy tanlovda nominatsiya g‘olibi bo‘ldi 

Ruscha

O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida an'anaviy ravishda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga asosan o‘tkazilgan bu yilgi tanlovga ham 30 dan ziyod talabgor hujjat topshirishgan. Viloyat bosqichiga o‘tgan talabgorlar 9 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi "Gender tenglikni ta'minlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Ularga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook