July 22

Propan butan aralashmasini olish bo‘limidagi filtrlar yangilanmoqda

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Propan-butan aralashmasini olish bo‘limidagi qurilma ta’mirlanmoqda.

Qurilmaning 1-navbatida foydalanish muddati tugagan 2 dona filtr apparat o‘rniga ichki imkoniyatdan foydalangan holda omborxonadagi mavjud filtr apparatlari montaj qilinmoqda.

Filtr apparatini almashtirish evaziga qurilmaga kelayotgan seolit changlari ushlab qolinadi. Qurilmaning barqaror ishlashi va samaradorligini oshirish natijasida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish xajmininn oshirilishiga erishiladi.

Ushbu bo‘limning quvvati 6 mlrd kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 100 ming tonna suyultirilgan gaz va 20 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook