Vakant lavozim uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamentiga Loyiha ofisi boshlig‘i lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:
• mutaxassisligi: neft-gaz ishi, neft-gaz kimyosi, iqtisodiyot/boshqaruv bo‘yicha oliy ma’lumot(bakalavr yoki magistr);
• tillarni bilishi: rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (Xalqaro tajriba va texnik hujjatlarni o‘rganish uchun ingliz tilini bilish maqsadga muvofiq);
• ish tajribasi: neft-gaz sanoatida kamida 5-7 yillik ish tajribasi, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik ish tajribasi (loyihalar, bo‘lim yoki guruhga rahbarlik qilish);
• kasbiy bilim: neft-gaz sanoati, qidiruv, qazib olish, qayta ishlash va neft kimyosi jarayonlarini chuqur bilish;
Nomzodlar 2025 yil 2 iyulga qadar ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.