February 25

“Halliburton” kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ruscha

Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ va neft konlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri “Halliburton” kompaniyasi vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda uglevodorod xomashyosini qidirish, burg‘ulash va qazib olish, shuningdek, konlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida asosiy e’tibor gaz konlarini qidirish va ushbu jarayonga yangi texnologiyalarni, jumladan seysmik qidiruv, geologik-geofizik tahlil va kollektorlarni raqamli modellashtirishning ilg‘or usullarini qo‘llashga qaratildi.

Shuningdek, qayta tiklash qiyin bo‘lgan zahiralarni rivojlantirish - uglevodorodlarni qazib chiqarish darajasini oshirish uchun ilg‘or burg‘ilash va quduqlarni tugatish usullarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Konlarda qazib chiqarishni optimallashtirish – quduqlar unumdorligini oshirish va ulardan foydalanish muddatini uzaytirishda intensivlashtirishning innovasion usullarini qo‘llash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Tomonlar "Halliburton" kompaniyasining zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini, jumladan, neft-gaz sanoatida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturlarini yaratish istiqbollarini alohida muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalarni belgilab beruvchi yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistonda uglevodorod resurslarini o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi va yangi bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook