January 20

Chexiya kompaniyasi bilan sanoat chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha memorandum imzolandi

Ruscha

2024 yil 12 dekabrda Investisiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda sanoat sektoriga investisiyalar jalb qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va Chexiyaning "NWT FINS.R.O" kompaniyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham ekologik barqarorlik va energiya samaradorligi muhim masalalardan biri sifatida ko‘rib chiqildi.

Unda fakel gazlarini elektr energiyasiga aylantirish va foydalanilgan texnik suvlarni qayta ishlash orqali dala ekinlarini sug‘orish uchun yaroqli holga keltirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida "O‘zbekneftgaz" AJ va "NWT FINS.R.O" kompaniyasi o‘rtasida loyihalarni amalga oshirish uchun o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Loyihalarni amalga tatbiq etish natijasida Gʻuzor tumanida joylashgan jamiyatga qarashli yirik sanoat korxonalarida paydo bo‘ladigan fakel gazlari maxsus texnologiyalar yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Buning natijasida nafaqat ekologik vaziyat yaxshilanadi, balki yangi energiya manbalarini yaratish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Loyihaning yana bir muhim jihati ushbu korxonalar tomonidan foydalanilgan texnik suvlar qayta ishlanadi va ular dala ekinlarini sug‘orishda foydalaniladi. Bu, o‘z navbatida, suv resurslarini tejash va agrar sohadagi ekologik muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi.

Uchrashuv doirasida belgilangan masalalar bo‘yicha keyingi bosqichda “NWT FIN S.R.O” kompaniyasi tomonidan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook