October 16

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Moliyalashtirishni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ushbu lavozim uchun qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;

• mutaxassisligi: iqtisodiyot, moliya, bank ishi (bakalavr yoki magistratura);

• tillarni bilishi: o‘zbek, rus tillari – mukammal (yozma va og‘zaki), ingliz tili (IELTS sertifikati kamida - 7 ball);

• Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office, Excel, PowerPoint dasturlaridan mukammal foydalanuvchi;

• Ish tajribasi: 3 yil (neft-gaz sohasi)

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• Xorijiy moliyaviy institutlar bilan muzokaralar olib borish;

• Investitsion rivojlanish rejasi va eng maqbul moliyaviy manbalarni hisobga olgan holda, o‘rta va uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash;

• Qarz majburiyatlarining Jamiyat moliyaviy barqarorligiga ta’sirini prognoz qilish va boshqarish vositalarini ishlab chiqish;

• Jamiyat va uning tarkibidagi korxonalarning kredit mablag‘lariga bo‘lgan talabini o‘rganish va ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

• Jamiyatda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari uchun talab qilinadigan kredit mablag‘larini jalb qilish maqsadida kreditorlar bilan muzokaralar o‘tkazish;

• Kreditorlar bilan kredit ajratish shartlari va kredit shartnomalari loyihasini kelishish, shuningdek KYC ma’lumotlarini taqdim etish;

• Kredit o‘zlashtirishni boshlash uchun kreditorlar talabiga ko‘ra ta’minotchi va hamkorlardan tegishli hujjatlarni (invoyslar, yuk tashish bojxona deklaratsiyasi (YUBD), sertifikatlar va h.k.) muvofiqlashtirish va kredit mablag‘larini o‘zlashtirish uchun talabnoma jo‘natish;

• Jamiyat yevroobligatsiyalari emissiyasi bo‘yicha xalqaro moliya bozorida eng maqbul to‘lov stavkalarini o‘rganish va takliflar tayyorlash;

• Jamiyat tomonidan xalqaro obligatsiyalarni, jumladan yashil obligatsiyalar chiqarish, joylashtirish hamda axborot almashinuvini muvofiqlashtirish;

Nomzodlar 2024 yil 1 noyabrga qadar ushbu havolaga kirib anketa / rezyumelarni to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumot uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook