Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi oyligi o‘tkazilmoqda
Joriy yil 15 martdan 15 aprelgacha “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi ob’yektlarda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” deb e’lon qilindi.
Gazli va Sho‘rtan neft va gaz chiqarish boshqarmalari hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida tadbir doirasida rahbar va ishchi xodimlar, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamkorlikdagi organlar ishtirokida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining ko‘rgazmali namoyishi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda, ishchi xodimlarning fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.