AQSH kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi
"O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2024" ko‘rgazmasi doirasida “Baker Hughes” kompaniya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Burg‘ilash, zahiralarni baholash, konlarni o‘zlashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi ushbu AQSH kompaniyasi 120 dan ortiq mamlakatda o‘z faoliyatini olib boradi.
Muzokaralar davomida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Baker Hughes” kompaniyasi o‘rtasida siquv komperssor stansiyalariga xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadigan shartnoma imzolandi.
Muloqotda shuningdek, “O‘zLITIneftgaz” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari uchun karbonat angidrid utilizatsiyasi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va yechimlarga bag‘ishlangan masofaviy texnik sessiya o‘tkazishga kelishib olindi.
Tomonlar “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zLITIneftgaz” AJ va “Baker Hughes” mas’ul texnik mutaxassislaridan iborat ishchi guruhini tuzish hamda gaz turbinali dvigatellarni elektr yuritmali dvigatellarga almashtirish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganishni tashkil etish taklifini o‘rtaga tashlashdi.