Xalqaro investitsion kompaniyalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekneftgaz” AJda xalqaro investitsion kompaniyalar – “Fidelity Management & Research”, “Morgan Stanley Investment Management” va “Artisan Partners” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotning asosiy mavzusi kompaniyaning so‘nggi korporativ yutuqlari, ishlab chiqarish faoliyati, sohadagi trendlar va kelgusi investitsion ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.
Ushbu uchrashuv nafaqat mavjud muvaffaqiyatlarni namoyish etish, balki Jamiyatning rivojlanish istiqbollari va moliyaviy ehtiyojlarini taqdim etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi tomonidan London shahrida xalqaro reyting agentliklari, xorijiy banklar va yirik sarmoyadorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Bunday hamkorlik nafaqat kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi, balki yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim turtki bo‘ladi.