July 19, 2023
RASMIY AXBOROT
Ayni kunlarda havo haroratining keskin isishi tufayli yoqilg‘i mahsulotlarining logistikasi tunda amalga oshirilmoqda.
Shu sababli joriy yilning 17-18 iyul kunlari “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG PETRO” MCHJ tasarrufidagi ayrim AYOQSHlarga “Ai-92” markali benzin mahsulotini yetkazib berishda texnik uzilishlar sodir bo‘ldi.
Hozirda amalga oshirilgan tezkor choralar natijasida muammo bartaraf etildi va barcha AYOQSHlarga “Ai-92” markali benzin reja asosida yetkazib berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYOQSHlarda ko‘rsatilayotgan xizmat sifatidan norozi bo‘lgan iste’molchilar “UNG PETRO” MCHJning ishonch raqami (71 200-01-24)ga murojaat etishlari mumkin.
July 19, 2023, 08:02
0 views