November 16, 2023

“Lider ayollar” Fransiyada stajirovka o‘tashdi

Ruscha

Davlatimiz rahbari Farmoniga ko‘ra, har yili 100 nafar xotin-qizni “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv kurslarida o‘qitish va ular orasidan eng salohiyatli kadrlarni ilg‘or xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tashini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Farmonga muvofiq, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bir guruh xodimlar “Lider ayollar” dasturi doirasida Fransiyada stajirovka o‘tab qaytishdi. Ular orasida “O‘zbekneftgaz” AJ Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamenti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sevara Ibrohimova ham bor.

O‘quv dasturi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Fransiyaning Davlat xizmati milliy instituti (Institut National du Service Public, INSP) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Dastur davomida ishtirokchilarga liderlik mohiyati va keng tarqalgan gender stereotiplari, “liderlik rejimi”ga o‘tish uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish, davlat innovatsion loyihalarida ayol rahbarlarning o‘rni kabi mavzularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Sevara Ibrohimova, “O‘zbekneftgaz” AJ Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamenti bo‘lim boshlig‘i:

"Prezidentimizning izchil siyosati tufayli xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday seminarlarning tashkil etilishi nafaqat yetakchi ayollarni shakllantiradi, balki jamiyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Seminarda Fransiya tomoni ayollar yetakchilarini ham psixologik, ham institusional nuqtai nazardan tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ishonchim komilki, xorij tajribasidan milliy qadriyatlarimiz bilan uyg‘unlashgan holda foydalanish mamlakatimizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi."

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube