Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichda
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.
Maxsus chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, hozirga qadar asosiy muhandislik tarmoqlari va texnologik uskunalarda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
• 170 ta texnologik qurilma, 96 ta qozon va 257 ta sig‘im ta’mirlandi;
• 141 ta transformator podstansiyasi, 53,7 km elektr tarmog‘i va 79 ta dizel elektr stansiyasi yangidan ko‘rib chiqildi;
• 157,7 km kabel estakada tiklandi;
• 64 ta uzluksiz elektr ta’minoti manbasi va 109 ta avtomatik ulash qurilmasi sinovdan o‘tkazildi;
• 4 517 metr issiqlik tarmog‘i ta’mirlandi, 2 785 metri izolyasiya qilindi;
• 3 743 metr suv tarmog‘i, 36 900 metr gaz tarmog‘i va 66 ta ishlab chiqarish binosi rekonstruksiya qilindi;
• 34 ta gaz taqsimlash punkti tekshiruvdan o‘tkazildi.
Shuningdek, qator konlarda va gazni qayta ishlash ob’yektlarida oldindan rejali ta’mirlash ishlari olib borildi. Xususan:
• Muborak NGQCHBda gaz tayyorlash qurilmalari va siquv kompressor stansiyalarida 15 ta texnologik tarmoq rejali ta’mirlandi hamda 16 ta gaz haydash agregatida reglament ishlari bajarildi;
• Sho‘rtan NGQCHBda 12 ta bo‘linma va bloklarda profilaktik ishlar amalga oshirildi;
• Muborak GQIZda 6 ta gazni tozalash, 4 ta propan-butan aralashmasi va 3 ta oltingugurt olish, 4 ta gaz quritish qurilmasi hamda 4 ta gaz haydash agregatida ta’mirlash ishlari bajarildi;
• Gazli NGQCHBda “Uchqir”, “To‘maris”, “Yangikazgan”, “Kulbeshkak” obyektlarida va kompressor stansiyalarida ishlar bajarildi;
• Ustyurt GQCHBda “Sharqiy Berdaq” va “Arslon” konlarida 6 ta texnologik tarmoqda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Barcha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda va belgilangan vazifalar ishchi guruh tomonidan nazoratga olingan.