December 24

Xodimlar donorlik aksiyasida ishtirok etdi

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi va tibbiyot xodimlari hamkorligida qonga muhtoj bemorlarga yordam berish maqsadida "Madad bo‘l" xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Tibbiyot xodimlari har bir donorning salomatligini tekshirib, jarayonni nazorat qilib bordi.

Jamiyatning markaziy apparatidan 29 nafar xodim aksiyada ishtirok etdi.

“Madad bo‘l” aksiyasi kompaniya xodimlarining ijtimoiy mas’uliyati va insonparvarlik hissini yanada oshirishga qaratilgan. Bunday xayrli tadbirlar davom ettiriladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook