May 19, 2023

“O‘zbekneftgaz”: O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-Yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi va anjumanining ochilish marosimi o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-Yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi va anjumani, 16-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi, “Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi va 3-Xalqaro energetika anjumanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi hamda O‘zbekiston neft va gaz sohasida xizmat ko‘rsatgan faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu nufuzli tadbirda Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Xitoy, Koreya Respublikasi, Monako, Niderlandlar, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSH, Turkiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shveysariya, Yaponiya kabi 29 ta davlatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar, 50 dan ortiq ma’ruzachilar va 500 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|