Xodimlar manfaatlar to‘qnashuvida shaffoflikni saqlash, adolatlilikni ta’minlash bo‘yicha o‘qitildi
"O‘zbekneftgaz" AJ va uning tizim korxonalarida davlat xaridlari sohasida shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida xodimlar malakasi muntazam oshirib boriladi. Masofaviy ta’lim platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn kurs ham davlat xaridlari va byudjet moliyaviy xarajatlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishga bag‘ishlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida Jamiyatning 298 nafar xodimi ishtirok etdi.
Kursning asosiy maqsadi ish jarayonlarida har qanday manfaatlar to‘qnashuvilarida shaffoflikni saqlash, qarorlar qabul qilishda adolatlilikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarni tarbiyalashdan iborat.
Ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha aniq usullar o‘rgatiladi. Shuningdek davlat xaridlari va byudjet moliyasini boshqarishda amal qilish kerak bo‘lgan qonunlar va xalqaro standartlar asosida yo‘riqnomalar beriladi.