Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbir
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxona va zavodlarda ham yong‘in sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsad qilingan.
Xususan, Muborak gazni qayta ishlash zavodida ham ishchi-xodimlar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Zavodning har bir obyektida yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qiluvchi pano, plakatlar va eslatmalar o‘rnatildi.
Shuningdek, qurilmalarning betalofat va to‘xtalishlarsiz ishlashi, ishchi-xodimlar muhofazasi uchun yong‘in gidrantlari, yong‘in o‘chirish kranlari, sovutish tizimlari, yong‘in o‘chirish qalqonlari muntazam tekshirilib, jangоvar shayligi nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Targ‘ibot oyligi davom etmoqda.