November 3

"Oʻzbekneftgaz" qishdan qanchalik qoʻrqadi?

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan ushbu savolga “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari S.Hamroyev javob berdi.

- Bizda kuz-qish mavsumida elektr energiya, gaz, neft mahsulotlariga boʻlgan talab ortib boradi. Ortib borgandan keyin, albatta, biz soha xodimlariga juda katta masʼuliyat yuklaydi. Qoʻrqish bu tabiiy hol. Qoʻrqish kerak, qoʻrquv hissi boʻlmaganda odam masʼuliyatni yoʻqotadi. Masʼuliyat boʻlgan odam esa qoʻrqadi.

Biz kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni bahordan boshlaganmiz. Necha mingta izolyatorlar almashtirildi, dvigatellar taʼmirlandi, zaxira omborlari yaratib boryapmiz, narxlarni ushlab turish boʻyicha ishlar olib boryapmiz, yetmaganini import qilyapmiz. Hammasi mana shu kuz-qish mavsumidan betalofat chiqib olish, xalqimizni shu kuz-qish mavsumida taʼminlashga qaratilgan. Shuning uchun bu qoʻrqish emas, bizga katta masʼuliyat yuklaydi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati