Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
“Oʻzbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti tomonidan “Termiz neft bazasi” MCHJda korrupsiyaning oldini olish, xodimlar oʻrtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Unda korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda komplayens talablariga qatʼiy rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, tashkilotda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish hamda har bir xodimning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilariga korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning oldini olishda har bir xodimning faol ishtiroki muhimligi, shuningdek, tashkilotda halollik va qonuniylik muhitini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.