Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi (Buxoro viloyati)ga E-kon muhandis operatori lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:
• Neft va gaz qazib chiqarish yoki qayta ishlash mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• Davlat tilini bilish;
• Sohada kamida 2 yillik ish tajribaga ega bo‘lish talab etiladi.
• neft va gaz qazib olish, boshqarmaning va tasarrufidagi ishlab chiqarish ob’yektlari quvvatlari, ixtisoslashuvi va tashkiliy-texnologik strukturasining xususiyatlarini bilishi;
• ishlab chiqarish texnologik jihatdan tayyorlash bo‘yicha normativ huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallarni bilishi;
• gaz konlari geologik hududini bilishi;
• quduqlarni geofizik tadqiqot qilish, konlarni ishlatish, loyihalash va tahlil qilishda amaldagi usullarni bilishi;
• quduqlarni joriy, kapital ta’mirlash, burg‘ilash texnologiyasi asoslarini bilishi;
• xom ashyo,materiallar va tayyor mahsulotga qo‘yiladigan texnik talablarni bilishi;
• ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalarini bilishi;
• neft va gaz qazib chiqarish sohasidagi ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni bilishi;
• ekologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asoslarini bilishi;
• favvoraga qarshi xavfsizlik qoidalarini bilishi;
• Jamiyat jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi hamda ish yuritish qoidalari va boshqa ichki normativ hujjatlar bo‘yicha talablarni bilishi lozim.
Nomzodlar 2024 yil 27 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.