Xitoyda o‘tkazilgan sinov jarayonlarida mutaxassislar ishtirok etdi
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini barqarorligini ta’minlash hamda mavjud gaz zahiralarni maksimal o‘zlashtirish maqsadida konlarda kichik kompressor stansiyalarini qurish loyihalari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
2024 yil 29 martda “O‘zbekneftgaz” AJ va “Jereh Oil & Gas Engineering Corporation” (Xitoy) kompaniyasi o‘rtasida konlardagi kichik kompressor stansiyasilarini qurish loyihalari doirasida blokli kichik kompressor qurilmalarini ishlab chiqisharish, yetkazib berish va ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Bugungi kunda, I-bosqichda “Jereh Group” kompaniyasi tomonidan jami 15 ta kompressor bloklari yetkazib berildi va ishga tushirildi. Shuningdek, II-bosqichda esa 37 ta kompressor bloklarini tayyorlab, yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ushbu bosqichda Sho‘rtan konida 2025 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan kichik kompressor stansiyalari “Jereh Group” kompaniyasi loyihaviy texnik yechimlari asosida “MyCom” (Yaponiya) kompaniyasining vintli kompressorlari, “Nanyang” (Xitoy) kompaniyasi elektr dvigatellari bilan Xitoyning Yantay shahiridagi “Jereh Group” kompaniyasi zavodida yig‘ish ishlari olib borilmoqda.
Kompressor bloklarini zavodda sinov ishlarida qatnashish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ va Sho‘rtan NGQCH boshqarmasi mutaxassislaridan iborat “Ishchi gurux” gurux zavodga xizmat safarida bo‘lishdi.
“Ishchi guruh” “Jereh Oil & Gas Engineering Corporation” kompaniyasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishib vintli, porshenli kompressor va elektrdvigatellarning yig‘ish vaqtidagi ularni loyihalashtirish, yig‘ish jarayonlari bilan tanishdi va sinov jarayonlarida ishtirok etishdi.
Sinov jarayoniga tayyorgarlik ishlari qurilmalar texnik parametrlari o‘rganib chiqildi, sinov davomida kompressor va dvigatellarni texnik ko‘rsatkichlari ishlab chiqaruvchi zavodning “Ishlatish qo‘llanmasi”ga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha monitoring olib borildi.
Ushbu kichik kompressor stansiyalarini ishga tushirish bilan “Shurtan” koni zahiralarini o‘zlashtirish, kunlik tabiiy gaz qazib olishni oshirish va barqarorligi ta’minlash hamda gazni keyingi bosqichlarga yetarli bosim bilan yetkazib berish ta’minlanadi.