“O‘zbekneftgaz” AJ Kubogi–2025: Finalga yo‘llanmalar aniqlandi
21–22 iyun kunlari Toshkent shahridagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar o‘rtasidagi an’anaviy futbol chempionatining final bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Jami 16 jamoa ishtirok etgan guruh o‘yinlarida murosasiz bellashuvlar qayd etildi. Natijalarga ko‘ra, yarim final bosqichiga quyidagi to‘rt jamoa yo‘llanma oldi:
• Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi
• Muborak gazni qayta ishlash zavodi
• Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
• “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi
Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan 1/8 va 1/4 final o‘yinlaridan so‘ng, to‘rt kuchli jamoa kubok uchun kurashni davom ettiradi.
Yarim final va final uchun bellashuvlar 5-6 iyul kunlari, “Bunyodkor” akademiyasi, 6-maydonda bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Kubogi–2025 musobaqasi korxonalar jamoalari o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviy ruh va sport madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Barcha muxlislar va xodimlarni oldinda qiziqarli o‘yinlar, kuchli raqobat va haqiqiy sport kayfiyati kutib turibdi!