Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi
Anvarov Javohirbek Gʻayratjon o‘g‘li “O‘zbekneftgaz” AJ Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
J.Anvarov tayinlovga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ Kreditlar va reyting agentliklari bilan ishlash departamenti boshlig‘i vazifasida ishlagan.
O‘taganov Shuhrat Xolmo‘minovich Kreditlar va reyting agentliklari bilan ishlash departamenti boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.
Sh.O‘taganov shu kunga qadar, "O‘zbekneftgaz" AJ Kreditlar va reyting agentliklari bilan ishlash departamenti Kredit majburiyatlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Xudoyberganov Abrorjon Akbarovich “O‘zbekneftgaz” AJ Gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
A. Xudoyberganov mehnat faoliyati davomida Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda boshqaruv pult kuzatuvchisi, smena boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, loyihalarni tahlil qilish guruhi rahbari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi “JICA”ning granti asosida Yaponiya xalqaro universitetida “Biznes boshqaruvi magistri” (MBA) yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olgan.