September 11

“Save Aral – GTL” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Ruscha

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, yurtdoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish - davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida Gʻuzor tumani Sho‘rtan qo‘rg‘onida “Save Aral – GTL” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 1500 nafarga yaqin aholi vakillari faol ishtirok etishdi. Musobaqa "Uzbekistan GTL" ishchilar shaharchasi yonidan start olib, ishtirokchilar "Uzbekistan GTL" zavodigacha bo‘lgan 3 km masofani bosib o‘tdilar.

Mazkur yugurish musobaqasi Orol dengizi atrofidagi ekologik vaziyatga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Ko‘taringki ruhda o‘tgan musobaqa yakunida 16 ta turli nominatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi hamda ular tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

"Uzbekistan GTL" MCHJ PR-xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook