October 21

Xorijiy banklar bilan ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi  

Ruscha

«O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida so‘nggi uchrashuvi «Standard Chartered», «ICBC Standard Bank», «Citi», «Deutsche Bank», «Barclays», «MUFG» banklari vakillari bilan bo‘ldi. Unda yangi kredit mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida kompaniyaning so‘nggi korporativ yutuqlari va ishlab chiqarish natijalari, neft-gaz tarmog‘idagi tendensiyalar, shuningdek, istiqboldagi ustuvor vazifalar va moliyalashtirish ehtiyojlari muhokama qilindi.

Banklar 2024-2025 yillarda «O‘zbekneftgaz» AJ faoliyatini moliyalashtirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirishdi.

Banklar tomonidan sindikatlashtirilgan kreditni tashkil etish, qo‘shimcha yevrobondlarni chiqarish va xedjlash strategiyalari kabi turli moliyaviy instrumentlar taklif qilindi. Shuningdek, eksport kredit agentligi (ECA) yoki ko‘p tomonlama investisiyalar kafolatlari agentligi (MIGA) asosida moliyalashtirishning muqobil manbalari muhokama qilindi.

Ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) maqsadlarini amalga oshirish va neft-gaz sohasi xususiyatlaridan kelib chiqib, chiqindilarni kamaytirish loyihalariga alohida e’tibor berildi qaratildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook