June 26, 2025

Vakant lavozim uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamentiga Loyiha ofisi menedjeri lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;

• mutaxassisligi: neft-gaz ishi, neft-gaz kimyosi, iqtisodiyot/boshqaruv bo‘yicha oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr);

• tillarni bilishi: rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (Xalqaro tajriba va texnik hujjatlarni o‘rganish uchun ingliz tilini bilish maqsadga muvofiq);

• ish tajribasi: neft-gaz sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi, shu jumladan davlat organlari va hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi;

• kasbiy bilim: ish hujjatlarini (yo‘l xaritalari, hisobotlar, bayonnomalar) tahlil qilish va tayyorlash usullarini bilish, ishga doir yozishmalar va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari (Loyiha boshqaruvi asoslarini bilish afzallik beradi.);

Nomzodlar 2025 yil 2 iyulga qadar ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati