November 29, 2023

Biznes-jarayonlarini raqamlashtirishda Ozarbayjon tajribasi o‘rganildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (MHXS) asosida tayyorlash jarayonlarini jadallashtirish maqsadida “Hiture” IT- konsalting kompaniyasi boshqaruvi rahbari Bagadur Ibragimov bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Qayd etish joizki, “Hiture” kompaniyasining shtab-kvartirasi Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan bo‘lib, uning xodimlari Kavkaz va Markaziy Osiyo (C&CA) mintaqasida biznesni transformatsiya qilishga ixtisoslashgan “IBM Consulting” xalqaro IT-korporatsiyasida katta tajriba orttirgan.

Ushbu kompaniya “O‘zbekneftgaz” AJning strategik hamkori hisoblangan Ozarbayjon Respublikasi Davlat neft kompaniyasi - “SOCAR”da ixtisoslashtirilgan IT-yechimlarini joriy etish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirgan.

Avval xabar qilinganidek, "O‘zbekneftgaz" AJda moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tayyorlash, konsolidatsiyalash va transformatsiya jarayonlarini avtomatlashtirishda jahon IT bozoridagi zamonaviy dasturiy ta’minotlarni o‘rganib chiqib, uning ishlab chiquvchilari bilan dastlabki muhokamalarni o‘tkazgan edi.

Ozarbayjonda o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvlarni tashkil etishdan asosiy maqsad “SOCAR”da “SAP” va “IBM” korporatsiyalarining IT yechimlarini joriy etish natijasida erishilgan yutuqlar bo‘yicha tajriba almashish, “S&CA” mintaqasidagi yirik neft va gaz kompaniyalarida raqamlashtirish bo‘yicha loyiha yondashuvlarini o‘rganish orqali ustuvor harakatlarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar olishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, mutaxassis bilan uchrashuvda biznes-jarayonlarni raqamlashtirishda IT infratuzilmasi ishonchliligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube