May 20, 2023

“O‘zbekneftgaz”: AQSH kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda AQSHning “Baker Hughes” kompaniyasi vakillari o`rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikdagi ish rejalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar "Baker Hughes" kompaniyasi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish va uskunalar yetkazib berish yo‘nalishlari bo‘yicha kelishib oldilar.

Shu bilan birga, xorijiy tomon “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari uchun Florensiyadagi “Baker Hughes” korxonalarida, shuningdek, kompaniyaning BAA va AQSHdagi o‘quv markazlarida dala seminarlari va treninglar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|