July 14, 2023

Texnologik qurilmalarning himoya va blokirovka boshqaruv tizimi yangilanmoqda

Ruscha

Ayni paytda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasidagi texnologik qurilmalarga Germaniyaning "HIMax" – himoya va blokirovka boshqaruv tizimini o‘rnatish ishlariga tayyorgarlik olib borilmoqda.

Majmuaga o‘rnatiladigan yangi tizim kuchli kiberxavfsizlik komponenti, dasturiy ta’minotning noyob kombinatsiyasi orqali barcha asosiy boshqaruv tizimlar integratsiyasini ta’minlaydi hamda butun zavod tarmog‘ini nosozliklarga bardoshli boshqarish imkonini beradi.

Mazkur tizimga texnik xizmat ko‘rsatuvchi bir guruh xodimlar tajribasini oshirish uchun germaniyalik mutaxassislar tomonidan Dubay shahrida trening tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan tinglovchilar tizimni sinovdan o‘tkazish, qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish usuli, joriy yondashuvlar va qarorlarni qabul qilish algoritmlari bilan tanishdilar.

Trening amaliy mashg‘ulotlar, real vaziyatlarni tahlil qilish, interfaol o‘yinlar, bahs-munozaralar, guruh va individual yondoshuvlar asosida olib borildi.

Modernizatsiya ishlarining yakuniy bosqichi joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirlgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube