Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti (Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Buxoro viloyati)ga Operatsion samaradorlik xizmati boshlig‘i lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:
• ma’lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: iqtisodiyot, menejment, texnologiya, muhandislik;
• tillarni bilish: rus tili mukammal, ingliz tili asosiy;
• ish tajribasi: yetakchi neft va gaz kompaniyalarida kamida 5 yillik staj afzallik beradi;
• rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lish;
• loyihalarni boshqarish, iqtisodiyot va menejment asoslarini bilish;
• neft-gaz sektoridagi qurilmalar va uskunalar texnologiyasi va ishlash tamoyillari (gazni tayyorlash, tozalash va fratsiyalash qurilmalari) bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
• byudjet va biznes - rejalarni tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan ma’qul;
• jamoaga rahbarlik qilish, tashabbuskorlik qobiliyati;
• yaxshi yetakchilik, tahliliy va baholash qobiliyatlari;
• muammolarni aniqlash va hal qilish qobiliyati;
Nomzodlar 2024 yil 1 noyabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.