February 27

Yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish imkoni ko‘rib chiqildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan sanoat kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ichki bozorda o‘zlashtirish maqsadida bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Bu jarayon doirasida turli uchrashuvlar, hamkorlik hamda yangi imkoniyatlarga katta e’tibor qaratilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv “OIL TOOLS FACTORY” MCHJ rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislariga korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari va quvvatlari haqida ma’lumot berildi.

Korxona Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, burg‘ilash uskunalarini ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yicha zamonaviy servis markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Korxona zamonaviy tokarlik, silliklash, payvandlash hamda defektoskopiya dastgohlari bilan jihozlangan.

Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari va boshqarmalarining yillik ehtiyojlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muloqot natijasida “OIL TOOLS FACTORY” MCHJ tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari uchun turli xil PDC markali dolotalarni ta’mirlash va qayta tiklash xizmatlarini amalga oshirishga tayyorligi ma’lum qilindi. Ushbu hamkorlik nafaqat importni minimallashtirish, balki mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi.

Uchrashuv so‘nggida Jamiyat mutaxassislari korxona ishlab chiqarish ob’yektiga borgan holda muammolarni joyida o‘rganib chiqish va bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlashga kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook