September 11, 2024

Muborak gazni qayta ishlash zavodida mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumida aholining tabiiy va suyultirilgan gaz hamda yoqilg‘i moylash mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bu tadbirlar asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarning barqaror ishlashini ta’minlash, uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash jarayonlarida sifatli rejali ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarishga qaratilgan.

Xususan, Muborak gazni qayta ishlash zavodida 36 ta texnologik qurilma, 10 ta qozon, 1 ta sig‘im, 45 ta transformator podstansiyasi, 5 290 metr suv tarmog‘i va 22 ta zahirani avtomatik ulash qurilmasida ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Asosiy muhandislik kommunikatsiyalarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• 9 ta gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasi;
• 2 ta past haroratli separatsiyalash qurilmasi;
• 5 ta oltingugurt olish qurilmasi;
• 5 ta propan-butan aralashmasini ajratish qurilmasi;
• 3 ta siquv kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatsi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda 9 ta qurilmada ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Zavod va tegishli departamentlar mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan barqaror ishlab chiqarishni tashkil etish va ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash maqsadida rejali ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bu tadbirlar zavodning kuz-qish mavsumida ishonchli faoliyatini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, aholining energiya va yoqilg‘i ta’minoti barqarorligini kafolatlaydi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook