February 16, 2024

Kuniga 500 kub metr gaz qazib olinadigan yangi quduq ochildi

Ruscha

Tabiiy gaz qazib chiqarish va uning zahiralarini ko‘paytirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Ustyurt regioni hududida ham bir qator geologik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etish joizki, Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Quyi Sharqiy Berdax” koni mahsuldor qatlamlardan tashkil topgan. Ushbu qatlamlarning geologik xususiyatlari, bosimi, harorati va tuzilishi murakkabligi aksariyat hollarda burg‘ilash ishlarining belgilangan muddatidan cho‘zilishiga sabab bo‘ladi.

Qatlamlarni yorib o‘tishdagi murakkabliklarga qaramay, “Quyi Sharqiy Berdax” koniga qarashli 13-sonli baholash ishlatish qudug‘i 4500 metr chuqurlikgacha muvaffaqiyatli burg‘ilandi.

Raqamli texnologiyalar yordamida quduqdan olingan ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish natijasida joriy yil 15 fevral kuni 4440-4485 metr chuqurlikdagi istiqbolli qatlamlardan kunlik 500 ming kub metr hajmdagi tabiiy gaz mahsuloti olindi. Ushbu quduqdan olinayotgan tabiiy gaz jamiyat prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Hozirda quduqdagi yangi mahsuldor qatlamlardan olinayotgan tabiiy gazni isteьmolchilarga yetkazib berish maqsadida yer usti sanoat maydonchalarini texnologik jihozlash, gaz uzatish quvurlari va tarmoqlarni qurish hamda quduqni ishga tushirish bo‘yicha yakuniy bosqichdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook