March 23, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Belarus kimyo, tog‘ va neft tarmog‘i xodimlari kasaba uyushmasi vakillari “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurishdi

Ruscha

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari hamrohligida Belarus kimyo, tog‘ va neft tarmog‘i xodimlari kasaba uyushmasi vakillari “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lib, sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilish holati bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida “GTL” zavodida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarni ishlab chiqarish joriy holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berilishi jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi vakillari “Uzbekistan GTL” zavodining markaziy boshqaruv binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali zavodning 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatasiya qilish texnologik tizim faoliyatini kuzatishdi.

Bundan tashqari, xorijiy delegasiya vakillariga zavodning markaziy laboratoriyasi binosida joylashgan zamonaviy qurilma va asboblar orqali zavodda ishlab chiqarilayotgan “GTL” dizel yoqilg‘isi “Euro-6” (YeN15940) Yevropa ekologik standarti va “O'zDSt EN 15940:2022” milliy standarti talablari asosida olib boriladigan laboratoriya tahlil jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashrif yakunida delegasiya vakillariga zavodning ishchilar shaharchasida xodimlarga yashash va maroqli dam olish uchun yaratilgan sharoitlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|facebook|instagram|telegram|