October 14

Joriy ta’mir va modernizatsiya ishlaridan so‘ng majmua faoliyati tiklandi

Ruscha

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida olib borilgan joriy ta’mir va modernizatsiya jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlanib, texnologik qurilma va uskunalarni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari to‘liq amalga oshirildi.

Barcha ishlar sanoat xavfsizligi, texnika, gaz, yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, belgilangan muddatdan 18 kun avval yakunlandi.

Joriy ta’mirlash ishlarini sifatli va qisqa muddatda bajarilishi uchun 10 dan ortiq xorijiy kompaniyadan 50 dan ziyod mutaxassis va majmuadan 1200 ga yaqin ishchi jalb qilinib, ish ikki smenada tashkil etildi.

Shuningdek, 50 dan ortiq maxsus texnika, avtokranlar va yuk ko‘tarish uskunalari faoliyatga safarbar qilindi.

Bu ta’mir va modernizatsiya ishlari texnologik jihatdan murakkab jarayonlardan biri bo‘lib, kelgusida ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot hajmining ortishiga xizmat qiladi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi MCHJ matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook