August 25

Sport musobaqalarida mahoratlar namoyon etildi

Ruscha

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shug‘ullanuvchilar sonini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida vazirlik, idora va tashkilotlar quyi tizim xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarining Qashqadaryo viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Ularda xavaskor xodimlar bir qator sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Jumladan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi jamoasi viloyat bosqichida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni, shashka o‘yinlarida esa 3-o‘rinni egallashdi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga qiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani oldi.

Musobaqa g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ushbu sport musobaqalari xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmushni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati